Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO 12 yanvar kuni Rossiya bilan muzokara o‘tkazadi
Muzokaralarda Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi takliflari asosiy mavzu bo‘ladi.
NATO Rossiya—NATO kengashi yig‘ilishi 12 yanvar kuni o‘tkazilishini tasdiqladi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Avvalroq Anadolu agentligi yig‘ilish mazkur sanada o‘tkazilishi haqida xabar bergandi.
Muzokaralarda Rossiyaning xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi takliflari asosiy mavzu bo‘ladi.
Moskva Vashington va uning ittifoqchilaridan NATOni kengaytirmaslik, sobiq sovet mamlakatlari bilan harbiy hamkorlikni to‘xtatish, Yevropadan AQSh yadro qurolini olib chiqib ketish, NATO kuchlarini 1997 yildagi joylashuviga qaytarishni talab qilmoqda.
Stoltenberg NATO Ukraina va Gruziyaning alyansga qo‘shilishida Rossiya bilan murosa qilmasligini aytgan.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026