O‘zbekiston | 11:36 / 04.01.2022
3381
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga BMT tuzilmalarining insonparvarlik yordami jalb qilinadi

O‘zbekiston BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-gumanitar hamkorlikni jadallashtiradi. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida belgilangan.

Xususan, BMT va uning tuzilmalari bilan hamkorlikda respublikada yirik xalqaro madaniy forumlarni o‘tkazish rejalashtirilmoqda. BMT tuzilmalarining insonparvarlik yordamini respublikaga jalb qilish ham nazarda tutilgan. Respublika vakillarining yirik xalqaro sport musobaqalarida ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashish mo‘ljallanmoqda.

Shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida o‘tkaziladigan siyosiy-diplomatik va targ‘ibot-tashviqot tadbirlari miqyosi kengaytiriladi.

Respublikada ro‘y berayotgan jarayonlar haqida press-relizlar BMT doirasida keng tarqatiladi. Respublikada o‘tkazilayotgan yirik xalqaro tadbirlar haqidagi ma’lumotlar BMT bosh assambleyasining rasmiy hujjati sifatida chop ettiriladi va tarqatiladi. 

BMT tuzilmalari doirasida intervyular tashkil qilish, O‘zbekiston haqidagi tegishli maqolalarni tayyorlab xorijiy va mahalliy OAVda chop ettirish, BMT tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikda anjumanlar, brifinglar, sayd-iventlar, roud-shoular va “davra suhbatlari”ni tashkil etish ham ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid