Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda sodir bo‘lgan YTHda mast holda bo‘lgan fuqaro vafot etdi
Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgan fuqaro vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 30 dekabr kuni Samarqand shahri Chilustun mahallasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Nexia mashinasi haydovchisi Afrosiyob ko‘chasida piyodani urib yuborgan. Oqibatda piyoda og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, piyoda mast qiluvchi ichimlik ta’siri ostida mast bo‘lgan. Shuningdek, haydovchi ham mashinani belgilangan tezlik me’yorlaridan oshirib boshqargan.
Mavzuga oid
10:06
Toshkent viloyatida suvga oqizib yuborilgan jasad 80 kunda topildi
08:00
Zaharlangan bolalar va bezori “yosh boyvachchalar” - hafta dayjesti
17:52 / 28.02.2026
Foto: Serjant Hosilbek Eshnazarov so‘nggi manzilga kuzatildi
18:16 / 27.02.2026