Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sodir bo‘lgan YTHda 5 kishi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi vafot etgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 1 yanvar kuni soat 13:00 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumanidan o‘tgan qismida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1990 yilda tug‘ilgan haydovchi A.M. Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib, yomg‘ir yog‘ayotganini inobatga olmasdan, katta tezlikda harakatlangan. Mashina boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.
Oqibatda, haydovchi A.M. hamda ushbu mashinada bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026
Haydovchiga sug‘urta tovoni uchun aybdor tomon sug‘urtalovchisiga murojaat qilish imkoniyati berildi
19:59 / 23.06.2026