Jahon | 14:35 / 05.01.2022
5101
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya va Fransiyada koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord qayd etildi

Seshanba kuni AQShda bir sutkada bir milliondan ortiq holat aniqlangandi.

Foto: Reuters

Buyuk Britaniya va Fransiyada sutkalik koronavirus yuqtirish holatlari aniqlanishi bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi.

Buyuk Britaniyada o‘tgan sutkada 218 ming 724 kishida koronavirus aniqlandi – bu pandemiya boshlanganidan buyon maksimum ko‘rsatkich hisoblanadi. Mamlakatdagi jami holatlar soni 13,6 millionga yetdi.

Fransiyada 24 soat ichida 271 ming 686 ta holat qayd etildi. Mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 10,5 milliondan oshdi.

Seshanba kuni Jons Hopkins universiteti AQShda bir sutkada bir milliondan ortiq holat aniqlanganini ma’lum qilgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid