AQŞda ötgan sutkada koronavirus yuqtiriş bilan boğliq milliondan ortiq holat qayd etildi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti ma’lum qildi.

3 yanvar kuni mamlakatda 1 mln 82 ming 549 ta holat aniqlangan. Sutka davomida 1688 nafar bemor vafot etgan.

Pandemiya boşlanganidan buyon AQŞda 56 milliondan ortiq inson koronavirus yuqtirgan, ularning 827,7 ming nafari vafot etgan.

Avvalroq AQŞ allergik va yuqumli kasalliklar milliy instituti direktori Entoni Fauçi “omikron” ştammi sababli mamlakatda şifoxonaga yotqizişlar soni ösişini aytgandi.