Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul KXDR ballistik raketa uchirgani haqida ma’lum qildi
Ma’lumotlarga ko‘ra, KXDR hududidan uchirilgan ehtimoliy ballistik raketa Yapon dengiziga tushgan.
Foto: Reuters
5 yanvar kuni Shimoliy Koreya katta ehtimol bilan ballistik raketa uchirdi, deb yozmoqda DW Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi xabariga tayanib.
"Qurolli kuchlarimiz qo‘shimcha raketa uchirilishi ehtimoliga shay holatda turibdi va vaziyat rivojlanishini Qo‘shma Shtatlar bilan uzviy hamkorlikda kuzatmoqda", - deyiladi qo‘mita xabarida.
Yaponiya OAVning xabar berishicha, KXDR hududidan uchirilgan ehtimoliy ballistik raketa Yapon dengiziga tushgan. Yaponiya mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u 500 kilometrga yaqin masofani bosib o‘tgan.
Janubiy Koreya milliy xavfsizlik kengashi shoshilinch yig‘ilish o‘tkazdi. Kengash a’zolari KXDRni muzokaralar stoliga qaytishga chaqirdi.
Bu Shimoliy Koreya tomonidan o‘tgan yil oktyabridan buyon ilk bor uchirilgan raketa hisoblanadi.
KXDR rahbari Kim Chen In o‘tgan haftada hukmron partiya yig‘ilishida mamlakat o‘z harbiy salohiyatini mustahkamlashda davom etishini va’da qilgandi.
Mavzuga oid
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026