Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nodir Sayfullayev Prezident administratsiyasiga ishga o‘tkazildi
Nodir Sayfullayev O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi madaniyat va san’atni rivojlantirish shu’basi mudiri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda «Yangi O‘zbekiston» xabar qildi.
Nodir Sayfullayev 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1996 yil Toshkent davlat madaniyat institutini, 2005 yilda prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomlagan, san’atshunoslik fanlari nomzodi.
U 2014 yil martdan Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis, 2016 yil oktyabrdan Madaniyat va san’at masalalari shu’basi mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Nodir Sayfullayev 2019 yilning fevralidan buyon Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Avvalroq, Abbos Mirzarahimov Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti rektori etib tayinlangani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:33 / 23.12.2023
Nozima Davletova prezident administratsiyasida mas’ul lavozimga tayinlandi
13:19 / 23.12.2023
Rejissyor Jahongir Ahmedov prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
10:03 / 06.10.2018