Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xöjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi negizida issiqxona, çorvaçilik va mehmonxona komplekslarini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan qayd etilişiça, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xöjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi taşkilotlari:

a) “Agro Service” davlat unitar korxonasi (loyiha taşabbuskori) tomonidan:

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xöjalik departamenti Davlat rezidensiyalari direksiyasining Toşkent viloyati Qibray tumanida joylaşgan va pomidor hamda bodring yetiştiriş uçun oynali blokdan (3 ga) iborat bölgan “Agro Service” DUKning mavjud issiqxona-parnik xöjaligi negizidagi issiqxonalarni rekonstruksiya qiliş;

“ECO” zamonaviy ixtisoslaştirilgan issiqxona bloki (1,2 ga) va gul yetiştiriş uçun issiqxona blokini (0,5 ga) taşkil etiş;

Toşkent viloyatida qoramollar boqiş uçun çorvaçilik kompleksi va eçkilarni boqiş böyiça sut fermasini taşkil etiş;

b) “Turkiston mehmonxonalar kompleksi” davlat unitar korxonasi (loyiha taşabbuskori) tomonidan - Toşkent şahri, Yunus Rajabiy köçasi, 64-uydagi mavjud mehmonxona binolarini rekonstruksiya qiliş va restoran quriş orqali xalqaro standartlar böyiça premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari körsatişni yölga qöygan holda, zamonaviy mehmonxona kompleksini taşkil etiş loyihalari amalga oşirilmoqda.

Qayd etilgan loyihalarni amalga oşiriş doirasida:

a) Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xöjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasi - buyurtmaçi;

b) “Bauraum Group” MÇJ - boş pudratçi etib;

v) quyidagilar:

2019 yilda Özbekiston Respublikasini rivojlantiriş davlat dasturi parametrlarida nazarda tutiladigan Özbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablağlari - “ECO” zamonaviy ixtisoslaştirilgan issiqxona bloki va gul yetiştiriş uçun issiqxona blokini taşkil etiş;

tijorat banklarining kreditlari - Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Moliya-xöjalik departamentining Davlat rezidensiyalari direksiyasining “Agro Service” DUK issiqxona-parnik xöjaligi negizidagi issiqxonalarini rekonstruksiya qiliş, Toşkent viloyatida qoramollar boqiş uçun çorvaçilik kompleksi va eçkilarni boqiş böyiça sut fermasini taşkil etiş, xalqaro standartlar asosida premium-klass toifasidagi mehmonxona xizmatlari körsatişni yölga qöygan holda zamonaviy mehmonxona kompleksi taşkil etiş böyiça moliyalaştiriş manbalari etib belgilandi.