Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shimoliy Koreya Pekin Olimpiadasida qatnashmasligini ma’lum qildi
Shu bilan birga, Pxenyan "xitoylik do‘stlarni qoyilmaqom va ajoyib Olimpiya festivalini o‘tkazishda to‘liq qo‘llab-quvvatlashi"ni bildirgan.
Shimoliy Koreya Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlarida qatnashmaydi. Bu haqda KXDR Olimpiya qo‘mitasi hamda jismoniy tarbiya va sport vazirligining Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasiga yo‘llangan maktubida aytilmoqda, deb xabar berdi korrespondent.
"Biz dushman kuchlarining harakati va butunjahon pandemiyasi sababli Olimpiya o‘yinlarida qatnasha olmasligimizni ma’lum qilamiz", - deyiladi maktubda.
Shu bilan birga, Pxenyan "xitoylik do‘stlarni qoyilmaqom va ajoyib Olimpiya festivalini o‘tkazishda to‘liq qo‘llab-quvvatlashi"ni ma’lum qilgan.
Pekindagi qishki Olimpiada o‘yinlari 4-22 fevralda, Paralimpiada o‘yinlari 4-13 mart kunlari o‘tkaziladi.
Qator mamlakatlar Xitoy hukumatini uyg‘urlarni ta’qib qilayotganlikda ayblab, tadbirga o‘z diplomatlarini yubormaslikka qaror qilgan.
Mavzuga oid
20:27 / 09.06.2026
Si Jinping Pxenyanda: Xitoy va KXDR munosabatlarni «yangi cho‘qqilar»ga olib chiqmoqda
20:18 / 11.05.2026
Kim Chen In o‘zi o‘ldirilgan taqdirda, yadroviy zarba bilan qasos olishni buyurdi
10:20 / 30.03.2026
KXDR AQShga yetib bora oladigan raketalar ustida ishlayapti
22:55 / 26.03.2026