Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruminiyada matodan tayyorlangan tibbiy niqob taqish taqiqlandi
Ushbu tartibni buzganlar 2,5 ming leygacha (574 dollar) jarimaga tortiladi.
Ruminiyada 8 yanvardan matodan tayyorlangan tibbiy niqob taqish taqiqlanadi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Luchian Bode Digi24 nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tartibni buzganlar 2,5 ming leygacha (574 dollar) jarimaga tortiladi.
Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha milliy qo‘mita qaroriga ko‘ra, fuqarolar jamoat joylariga faqat jarrohlar niqobi yoki FFP2 himoya darajasiga ega respirator taqqan holdagina borishlari mumkin.
Ushbu tartib besh yoshgacha bo‘lgan bolalar, xonada bir o‘zi bo‘lganlar, teleboshlovchilar va ularning 3 metr masofada bo‘lgan mehmonlariga tegishli emas.
Bodening ta’kidlashicha, «omikron» shtammi tarqalishi sharoitida bu muhim chora hisoblanadi. Politsiya va jandarm ushbu talabga rioya qilinishini nazorat qiladi.
Yevroittifoq politsiya xizmati kasaba uyushmasi bunga qarshi chiqdi. Uyushmaning bildirishicha, politsiya xodimlari niqoblarning qanday materialdan tayyorlanganini tekshirish uchun yetarli bilimga ega emas.
Mavzuga oid
08:28 / 03.06.2026
Ruminiya 298 ta Lynx jangovar mashinasini xarid qiladi
18:37 / 29.05.2026
Rossiya droni Ruminiyadagi uyga kelib urildi
12:27 / 13.03.2026
Ukraina va Ruminiya harbiy dronlarni birgalikda ishlab chiqaradi
18:37 / 15.01.2026