Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda qo‘l tormozi tortib qo‘yilmagan Spark kanalga tushib ketdi
Videodan kadr
Buxoroda qo‘l tormozi tortib qo‘yilmagan Spark kanalga tushib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 9 yanvar kuni Buxoro viloyati FVB boshqarmasi navbatchilik xizmatiga Buxoro shahri Talija mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi kanalga Spark mashinasi tushib ketgani to‘g‘risida xabar kelgan.
Zudlik bilan voqea joyiga podpolkovnik G‘.Safoyev boshchiligidagi qutqaruv otryadi yetib borgan. Viloyat FVBning maxsus texnikasi va g‘avvoslar, shuningdek, ichki ishlar xodimlari bilan hamkorlikda 30 daqiqa davomida mashina kanaldan olib chiqilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Spark haydovchisi to‘xtash vaqtida qo‘l tormozini tortishni unutgan va shu sababli mashina kanalga tushib ketgan.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan va halok bo‘lmagan.
Mavzuga oid
08:52 / 12.11.2025
Jizzaxda tuman FVB boshlig‘i pora olgan paytda ushlandi
23:03 / 28.09.2025
Toshkent shahar FVB telefonni quvvatlagichda nazoratsiz qoldirmaslik to‘g‘risida ogohlantirdi
10:53 / 28.08.2025
Chilonzor tumanida elektromobil yonib ketdi
19:34 / 01.08.2025