Toşkent şahrida FVB inspektorining noqonuniy harakati foş etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinişiça, Yunusobod tuman FVB inspektori Olmazor tumanida joylaşgan xususiy klinikaning yonğinga qarşi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berişni va’da qilgan. U bu “xizmati” uçun fevral oyida MÇJ rahbaridan 6,5 mln söm olgan.

Biroq, FVB inspektori turli bahonalar bilan va’dasini bajarmasdan kelgan. Şu sababli, fuqaro undan pullarini qaytarişni talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirda inspektor olgan pullarini qaytarib bergan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Unga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Yangihayot tumani FVB kiçik inspektori mahalliy MÇJ rahbaridan 1,5 ming dollar olganda uşlangandi.