Jahon | 16:13 / 11.01.2022
4388
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Afg‘onistonga 308 mln dollar miqdorida gumanitar yordam ajratadi

Qo‘shma Shtatlar shuningdek, COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 1 mln doza vaksina taqdim etadi.

Foto: Getty Images

AQSh Afg‘onistonga gumanitar yordam sifatida qo‘shimcha 308 mln dollar va koronavirusga qarshi bir million doza vaksina ajratadi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi

"Qo‘shma Shtatlar Afg‘oniston xalqiga gumanitar yordam sifatida 308 mln dollardan ortiq xayriya ajratilishini e’lon qiladi", - deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, AQSh shuningdek, COVAX dasturi doirasida koronavirusga qarshi 1 mln doza vaksina taqdim etadi.

Avvalroq BMT Afg‘onistonda qishda ochlikdan million bola nobud bo‘lishi mumkinligini bildirgandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid