Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Argentinada rekord darajada yuqori harorat qayd etildi
Ma’lumot berilishicha, Buenos-Ayresda 743 ming xo‘jalik elektrsiz qolgan. Uzilishlar suv tozalash tizimiga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Argentinada rekord darajada yuqori harorat qayd etildi – termometrlar +45 darajani ko‘rsatmoqda. Bu haqda TSN xabar berdi.
Jaziramadan poytaxt jabr chekmoqda - Buenos-Ayres va uning atrofida elektr ta’minotida uzilishlar yuz berdi.
Ma’lumot berilishicha, Buenos-Ayresda 743 ming xo‘jalik elektrsiz qolgan. Uzilishlar suv tozalash tizimiga ham ta’sir ko‘rsatgan.
Mamlakatda yuqori harorat hafta davomida saqlanib turishi kutilmoqda.