O‘zbekiston | 09:52 / 12.01.2022
8658
1 daqiqa o‘qiladi

NKMK 2021 yilda qancha sof foyda olgani ma’lum qilindi

Foto: NKMK

Navoiy kon-metallurgiya kombinatining 2021 yildagi sof foydasi 11,3 trln so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda kombinat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2021 yilda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 54,2 trln so‘mga bajarilgan.

O‘tgan yilda kombinatda investitsiya dasturi doirasida 621,1 mln dollarlik mablag‘ o‘zlashtirilib, 3,4 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan. Mahalliylashtirish dasturi doirasida 442,2 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan va tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasi doirasida 4,2 trln so‘mdan ko‘proq mahsulot xarid qilingan.

Shuningdek, mahsulot tannarxini kamaytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar ko‘rsatkichlari 103,4 foizga bajarilgani mahsulot tannarxini qariyb 1,1 trln so‘mga (6,7 foizga) kamaytirish imkonini bergan.

Mavzuga oid