Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilganlarga subsidiya beriladi
«Nogironligi bo‘lgan shaxslar bandligiga ko‘maklashishni rag‘batlantirishga oid chora-tadbirlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risida»gi qaror loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada quyidagilarni joriy etish belgilangan:
a) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oyda bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya berish;
b) 2022 yil 1 iyuldan boshlab Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy faolligini oshirish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bilan shug‘ullanuvchi nodavlat notijorat tashkilotlariga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida ijtimoiy buyurtma berish.
Qaror loyihasining qabul qilinishi natijasida davlat budjetidan qo‘shimcha jami 7,1 mlrd so‘m sarflanadi.
Mavzuga oid
16:15 / 22.06.2026
“Quyoshli xonadon” doirasida fuqarolarga pul to‘lanmayapti. Rasmiy idoralar sukutda
13:31 / 13.06.2026
Quyosh panellari egalariga subsidiya to‘lash kechikmoqda
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
23:00 / 10.06.2026