Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel BMTda ishlash to‘g‘risidagi taklifni rad etdi
Kanslerlik lavozimini tark etishidan biroz avval Angel Merkel bundan buyon siyosat bilan shug‘ullanmasligini aytgandi.
Germaniya sobiq kansleri Angela Merkel BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning tashkilotdagi tuzilmalardan birida rahbarlik lavozimini egallash to‘g‘risidagi taklifini rad etdi, deb xabar berdi dpa agentligi.
Xabarga ko‘ra, sobiq kansler BMT bosh kotibi bilan telefon orqali qilgan muloqotida taklif uchun minnatdorlik bildirgan va uni qabul qilolmasligini aytgan.
Avvalroq OAV Angela Merkelga BMTda global ijtimoiy farovonlik bo‘yicha maslahat kengashi rahbari lavozimi taklif etilgani haqida xabar qilgandi.
Angela Merkel 2005 yildan 2021 yilga qadar Germaniya hukumatiga rahbarlik qilgan.
Lavozimini tark etishidan biroz avval Merkel bundan buyon siyosat bilan shug‘ullanmasligini aytgan.
"Siyosiy nizolarni yechish bilan shug‘ullanmayman – ko‘p yillar davomida bu ish bilan mashg‘ul bo‘ldim. Hozir nima bilan shug‘ullanishimni bilmayman. Ozgina dam olaman, keyin ko‘ramiz", degan u.
Mavzuga oid
09:02 / 11.06.2026
Qochqinlar soni rekord darajada: BMT yangi hisobotni e’lon qildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
08:15 / 08.06.2026
BMT kuchli El-Nino haqida ogohlantirdi
08:10 / 06.06.2026