O‘zbekistonda kunlik holatlar 1400ga yaqin, bu navbatdagi rekord ko‘rsatkich
Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kun ichida 1390 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 bemor vafot etgani, yana pnevmoniya holatlari qayd etilayotgani haqida xabar berdi.

Foto: Kun.uz
«2022 yil 21 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 212289 (+1390) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.
O‘zbekistonda ketma-ket to‘rtinchi kun kunlik o‘sish bo‘yicha rekordlar yangilanmoqda, bundan avvalgi eng yuqori ko‘rsatkich bir kun oldin qayd etilgan, kunlik holatlar 1321tani tashkil etgandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 57 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 41 nafari Andijon viloyatida,
- 59 nafari Buxoro viloyatida,
- 53 nafari Jizzax viloyatida,
- 26 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 22 nafari Navoiy viloyatida,
- 45 nafari Namangan viloyatida,
- 39 nafari Samarqand viloyatida,
- 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 77 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 142 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 51 nafari Xorazm viloyatida,
- 183 nafari Toshkent viloyatida,
- 576 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Andijon viloyatida 16 nafar,
- Buxoro viloyatida 60 nafar,
- Jizzax viloyatida 14 nafar,
- Qashqadaryo viloyatida 18 nafar,
- Namangan viloyatida 19 nafar,
- Samarqand viloyatida 20 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 66 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 15 nafar,
- Toshkent viloyatida 77 nafar,
- Toshkent shahrida 132 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 202149 (+437) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
So‘nggi bir kunda koronavirusga chalingan bemorlardan yana 4 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallik qurbonlari soni 1536 nafarni tashkil qildi.
Shuningdek, kecha 289 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Tavsiya etamiz
Qaysi toifadagi talabalardan o‘qishni tugatguncha granti olib qo‘yilmaydi?
O‘zbekiston | 11:26 / 07.06.2025
Milliy jamoa a’zolariga BYD avtomobillari topshiriladi
Sport | 16:14 / 06.06.2025
Tramp va Mask ochiqchasiga urishib ketdi
Jahon | 12:05 / 06.06.2025
Yangi Toshkent qanaqa bo‘ladi? Bosh arxitektor va mas’ul shaharsoz bilan suhbat
O‘zbekiston | 17:07 / 05.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniya Rossiya bilan urush uchun bunkerlarni ommaviy tayyorlashni boshlaydi
Jahon | 18:20
-
Toshkentda mototsikl va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Haydovchilar vafot etdi
Jamiyat | 18:09
-
Germaniyada 14 nafar o‘zbekistonlik talabaga yordam ko‘rsatildi
Jamiyat | 17:49
-
Braziliyada 17 yoshli qiz noma’lum muxlisi yuborgan shirinlikni yeb vafot etdi
Jahon | 17:24
Mavzuga oid

17:23 / 14.05.2025
Jaziramada organizmni qanday himoyalash lozim? – SSV tavsiyalari

20:35 / 01.04.2025
Rossiyada tarqalayotgan «noma’lum virus» mikoplazma pnevmoniyasi bo‘lib chiqdi

22:53 / 03.01.2025
Yevrokomissiya rahbarida pnevmoniyaning og‘ir shakli aniqlandi

16:38 / 03.12.2023