O‘zbekiston | 19:44 / 24.01.2022
14653
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda soxta IIB xodimi qo‘lga olindi

U fuqarolarga o‘zini IIB xodimi deb tanishtirib, turli masalalarda yordam berishini aytib pul undirgan.

Foto: IIB axborot xizmati

Andijon viloyati IIB axborot xizmatining qayd etishicha, Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro T.U. shu yilning sentabr oyida Andijon shahri Istiqlol ko‘chasida joylashgan harbiy kiyimlar tikish bilan shug‘ullanuvchi savdo do‘konidan 3.000.000 so‘mga ichki ishlar organlarining barcha mavsumiy kiyimlarini to‘liq holatda tiktirib, ushbu kiyimda bir necha marotaba Andijon shahriga kelgan va fuqarolarga o‘zini  ichki ishlar xodimi sifatida tanishtirgan. Ularga turli masalalarda qonuniy yordam berishligini aytib, tamagirlik yo‘li bilan pul talab qilgan.  

Fuqaro T.U. 2021 yilning dekabr oyida Andijon shahar, "Sarvontepa" MFY, Sujjat ko‘chasi 11-uyda yashovchi fuqaro Q.F.dan fuqarolik pasportini yangilab berish evaziga 1.100.000 so‘m miqdorda, shuningdek, Q.F.ning turmush o‘rtog‘i U.O.dan nikoh guvohnomasi qildirib berish evaziga 900.000 so‘m pullarni tamagirlik yo‘li bilan olganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB tomonidan tergovga qadar tekshirish ishlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid