Abdulla Azizov OKMK boshqaruv raisi o‘rinbosari etib tayinlandi
Sog‘liqni saqlash vazirining sobiq o‘rinbosari Abdulla Azizov 26 yanvar kuni «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» boshqaruvi raisining raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda OKMK matbuot xizmati xabar berdi.
Abdulla Azizov 1981 yilda tug‘ilgan. 2003 yil Yaponiyaning Nagoya universitetida iqtisodiyot yo‘nalishida o‘qigan. 2004 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakultetini tamomlagan. 2006 yili Daniyaning Orxus universitetida moliya va xalqaro biznes yo‘nalishi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 2006 yilda Orxus texnika kollejini IT-dasturchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlab, ushbu yo‘nalishda mehnat faoliyatini boshlagan.
2006–2019 yillarda Daniyada qator nufuzli kompaniyalarda mas’ul lavozimlarda ishlagan.
2019 yil sentabr oyidan 2020 yil iyul oyiga qadar Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. 2020 yil yozida Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbariyatidagi o‘zgarishlar vaqtida vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, 2022 yil 22 yanvarida lavozimdan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
21:47 / 20.11.2024
OKMKning qariyb 25 foizi 12,2 trillion so‘mga baholanib, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasiga o‘tkazildi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
17:00 / 02.11.2024
OKMKning 75 yilligi: O‘zbekiston sanoat faxri bo‘lgan kombinatda yirik o‘zgarishlar
15:44 / 01.11.2024