17:56 / 26.01.2022
2241

Samarqandda ko‘zi ojizlar maktab-internati oldiga ovozli svetofor o‘rnatildi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand shahrida joylashgan ko‘zi ojizlar maktab-internati oldidagi ko‘chaga ovozli svetofor o‘rnatilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Samarqand viloyat IIB boshlig‘i Samarqand shahridagi “Charmgari” MFYda joylashgan 59-son ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati faoliyati bilan tanishgan.

Maktab-internat joylashgan Sadriddin Ayniy ko‘chasi Samarqand shahrining markaziy va gavjum ko‘chalaridan biri hisoblanadi. Shu sababli maktab jamoasi talablaridan kelib chiqib, mazkur ko‘chada ular uchun ovozli svetofor qo‘yib berilgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB tomonidan o‘rnatilgan mazkur svetofor ko‘zi ojiz insonlarning yo‘ldan kesib o‘tish jarayonlarini yanada osonlashtiradi va har bir chiroq yongani haqida ovozli xabar berib, ogohlantiradi.

«Bu maskanga ovozli svetoforning o‘rnatilishi nafaqat ko‘zi ojizlar, balki ular qatorida keksa yoshli nuroniylar uchun ham ayni muddao bo‘ldi», deyiladi xabarda

Mavzuga oid
Top