Jamiyat | 17:55 / 27.01.2022
1434
1 daqiqa o‘qiladi

Shahrisabzda fuqaroning uyi yonib ketdi

Foto: Shahrisabz tumani hokimligi

Shahrisabz shahrida yashovchi fuqaroning uyida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 27 yanvar kuni Shahrisabz shahri Ziyokor ko‘chasida yashovchi fuqaroning yashash xonadonida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in haqida Shahrisabz shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga soat 14:05da xabar berilgan. Soat 14:11da yong‘in sodir bo‘layotgan joyga ikkita o‘t o‘chirish bo‘linmasi yetib borgan. Yong‘in soat 14:36da to‘liq o‘chirilgan. Natijada yong‘in kengayib qo‘shni xonadonlarga o‘tib ketishiga yo‘l qo‘yilmagan.

Dastlabki surishtiruvda yong‘in fuqaroning ehtiyotsizligi oqibatida kelib chiqqani aniqlangan.

Yong‘in oqibatida fuqaroning yashash uyiga zarar yetgan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan.

Mavzuga oid