27 oktyabr kuni Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahri hokimligida apparat yiğilişi ötkazildi. Yiğilişda viloyat hokimi Murotjon Azimov ham iştirok etib, sektor rahbarlari va mas’ullar oldida turgan vazifalar va ularning ijrosiga töxtaldi.
Yiğilişda Akamurod Avazoviç Uzoqovga Şahrisabz şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajariş yuklatildi.
U şu vaqtgaça Şahrisabz şahri hokimining moliya-iqtisod va kambağallikni qisqartiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari - Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş bölimi boşliği lavozimida işlab kelayotgandi.
Şuningdek, 26 oktyabrdan Dehqonobod tumani hokimi sifatida iş boşlagan şaharning sobiq hokimi Akrom Sulaymonov yangi lavozimga tantanali kuzatib qöyildi.

Sulaymonov 2020 yil noyabridan buyon Şahrisabz şahriga rahbarlik qilib kelayotgandi.












