Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida fuqaroning uyi yonib ketgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, bugun 2021 yil 16 dekabr kuni soat 08:27 larda Çiroqçi tumani «Obod» MFY Qoraburuq qişloğida yaşovçi 1968 yilda tuğilgan fuqaro Ş.L.ning uyida yonğin sodir bölgan.

Voqea joyiga soat 08:40 larda 2 ta yonğin-qutqaruv bölinmasi yetib borgan. Yonğin  soat 09:22 larda öçirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga köra, yonğindan xonadonning taxminan 90 metr kvadrat maydonda içki va tom qismi zarar körgan. Qutqaruvçilar tomonidan uy jihozlari saqlab qolingan.

Qayd etilişiça, hodisada heç kim jabrlanmagan va halok bölmagan. Hozirda yonğin sabablari va zarari aniqlanmoqda.