O‘zbekiston | 10:56 / 28.01.2022
7583
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkent shahrining Yunusobod va Olmazor tumanlarining ayrim hududlarida ta’mirlash ishlari tufayli tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Poytaxt» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Kun.uz

Yunusobod tumani Hamkorobod mahallasidan Olmazor tumani Gulzor, Ibrohim ota mahallalaridagi iste’molchilarni bir me’yorda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida halqalash uchun yangi qurilgan o‘rta bosimli D-159 mm yer usti gaz quvurini qayta ulash ishlari «Yunusobodtumangaz» gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan rejalashtirilgan. 

2022 yil 28 yanvar kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha Yunusobod tumani Hamkorobod mahallasidagi 200 ta yerli xonadonlarda, 4 ta ulgurji iste’molchilarida, Olmazor tumani Gulzor, Ibrohim ota mahallalaridagi 485 ta aholi xonadonlarida hamda 3 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bildirilishicha, ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid