Koronavirus: Kunlik holatlar yana kamaya boshladi
Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda so‘nggi bir kunda 1104 kishida kasallik aniqlangani, 242 nafar bemor tuzalgani, 3 kishi vafot etgani to‘g‘risida xabar berdi.
«2022 yil 29 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 221919 (+1104) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi vazirlik xabarida.
Kunlik holatlar ketma-ket uchinchi kun kamaydi - 27 yanvar kuni 1186ta, 28 yanvar kuni 1152ta yangi holat aniqlangandi.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 67 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 30 nafari Andijon viloyatida,
- 47 nafari Buxoro viloyatida,
- 34 nafari Jizzax viloyatida,
- 30 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 19 nafari Navoiy viloyatida,
- 41 nafari Namangan viloyatida,
- 59 nafari Samarqand viloyatida,
- 15 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 39 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 116 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 52 nafari Xorazm viloyatida,
- 102 nafari Toshkent viloyatida,
- 453 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kecha kun davomida:
- Buxoro viloyatida 51 nafar,
- Navoiy viloyatida 15 nafar,
- Samarqand viloyatida 13 nafar,
- Sirdaryo viloyatida 4 nafar,
- Surxondaryo viloyatida 7 nafar,
- Farg‘ona viloyatida 9 nafar,
- Xorazm viloyatida 5 nafar,
- Toshkent viloyatida 71 nafar,
- Toshkent shahrida 67 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 210022 (+242) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1561 nafarni tashkil qildi.
Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 217 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.
Mavzuga oid

11:40 / 13.12.2022
O‘zbekistonda kunlik koronavirus statistikasi sezilarli pasaydi

10:54 / 07.12.2022
Toshkent shahrida bir kunda 100 dan ortiq kishida koronavirus aniqlandi

10:10 / 04.12.2022
Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni fevraldagi darajaga qaytdi

11:15 / 02.12.2022