O‘zbekiston | 16:20 / 31.01.2022
25905
1 daqiqa o‘qiladi

Denov tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Denov tumani hokimligi

Surxondaryo viloyati Denov tumaniga yangi hokim tayinlangan. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 2022 yil 31 yanvar kuni Xalq deputatlari Denov tumani Kengashining navbatdan tashqari ellik beshinchi sessiyasi bo‘lib o‘tgan. Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov ishtirok etgan va unda tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan.

Denov tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Rustam Pardayev boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etilgan.

Denov tumani hokimi lavozimiga Vazirlar Mahkamasida, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatining mudiri lavozimida ishlab kelayotgan Abdumalik Allamuradov tuman hokimi etib tayinlangan.

Bugun shuningdek, Angren va Nurota tumanlariga ham yangi hokim tayinlangan.

Mavzuga oid