Surxondaryo viloyatining Denov tumanida ota va bolani kaltaklab, ulardan ikkinçisini öldirib qöygan tört kişi qölga olindi.
Surxondaryo viloyati IIB rasmiy axborotida aytilişiça, hodisa 27 aprel kuni Denov şahri Boğişamol mahallasidagi avtomobil yuviş şoxobçasi oldida yuz bergan.
Ma’lum bölişiça, 56 yoşli ota A.U va uning 32 yoşli öğli A.A.ni pul oldi-berdisida oldindan özaro ziddiyatda bölgan 37 yoşli jiyani Q.Ş uç nafar şerigi – 30 yoşli T.Ş, 29 yoşli X.Ş hamda 30 yoşli T.Ş bilan birga urib, döpposlagan.
Ular A.A.ni Gentra’ga ötqazib voqea joyidan olib ketişgan. U oğir tan jarohatlari bilan şu kuni şifoxonaga yotqizilgan. Uni bu yerga kim taşlab ketgani oçiqlanmagan.
Ammo A.A körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan oradan 1 kun ötib – 28 aprel kuni vafot etgan.
Viloyat IIB dastlab holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «k» va «ye» bandlari bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida xabar bergandi. Keyinroq iş JKning 104-moddasi 3-qismi «d» bandiga qayta malakalanganini ma’lum qildi. Uşbu moddaga köra, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jabrlanuvçining ölimiga sabab bölsa, 8 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanişi qayd etilgan.
Uşbu hodisa iştirokçilari bölgan jiyan va uning 3 nafar şerigi uşlanib, protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Bundan oldinroq Kun.uz manbasi uşbu qotillik Denovda «Şakki» laqabi bilan tanilgan zöravon boşçiligidagi guruh tomonidan sodir etilganini xabar qilgandi.













