Prezident Administratsiyasi mutaxassisi Azamat Fayziyev Nurota tumaniga hokim böldi. Tumanga şu paytgaça rahbarlik qilib kelgan Umarbek Xalilov oldinroq Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi raisining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Navoiy viloyati hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilişiça, bugun xalq deputatlari Nurota tuman kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötgan. Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvçi Normat Tursunov sözga çiqib, Fayziyev Azamat Ismatoviçni tuman hokimi vazifasiga tayinlaş töğrisidagi viloyat hokimining qarorini öqib eşittirgan. Qaror xalq deputatlari Nurota tuman kengaşi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

Azamat Fayziyev bugungi kunga qadar Prezident Administratsiyasi Mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan işlaş şu’basi boş mutaxassisi vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.