Jamiyat | 09:10 / 12.05.2026
3478
1 daqiqa o‘qiladi

Vaxshivor tog‘larida adashib qolgan 4 nafar fuqaro qutqarildi

Surxondaryo viloyatining Oltinsoy tumanidagi Vaxshivor tog‘larida sayr vaqtida yo‘ldan adashib qolgan 4 nafar fuqaro Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilari tomonidan sog‘-salomat topildi.

Ma’lum qilinishicha, 10 may kuni Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga «112» tizimi orqali Oltinsoy tumani «Vaxshivor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Vaxshivor tog‘larida fuqarolar adashib qolgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabardan so‘ng FVV qutqaruvchilari zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, hududda qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borgan.

Qidiruv ishlari natijasida sayr uchun chiqqan 4 nafar fuqaro topilib, xavfsiz hududga olib chiqilgan.

Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani ma’lum qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid