O‘zbekiston | 10:02 / 01.02.2022
2614
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq shahrida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Olmaliq shahrida ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda «Hududgaz Toshkent» gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Getty Images

Qayd etilishicha, Olmaliq shahar «Namuna» MFY hududiga kiruvchi o‘rta bosimli gaz quvurida gaz sizib chiqishi aniqlangan.

Shu sababli, 2022 yil 1 fevral kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzildagi 377 ta aholi iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid