Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yanvar oyida inflatsiya 0,9 foizni tashkil etdi
Foto: Getty Images
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yil yanvar oyida iste’mol bozorida tovar va xizmatlar o‘rtacha 0,9 foizga qimmatlashgan. Yillik ko‘rsatkichda (2021 yil yanvariga nisbatan) iste’mol sektorida narxlar o‘sishi 9,8 foizni tashkil etdi.
2022 yilning birinchi oyi yakunlari bo‘yicha narxlar va tariflar o‘sishida yetakchi o‘rinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, narxlari o‘rtacha 1,3 foizga oshdi. Shu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,7 foizga oshdi.
2021 yil yanvar oyida oylik narxlarning eng yuqori o‘sishi pullik xizmatlar (1,4 foiz) va oziq-ovqat mahsulotlarida (1,2 foiz) qayd etildi, nooziq-ovqat mahsulotlari esa atigi 0,5 foizga qimmatlashdi.
2022 yil yanvar oyida an’anaviy ravishda meva-sabzavot mahsulotlari oylik narxlarning oshishida yetakchilik qildi. Mevalar narxi 2021 yil oxiriga nisbatan 3,1 foizga, sabzavotlar 5,8 foizga qimmatlashdi. Go‘sht mahsulotlari, aksincha, oy davomida biroz arzonlashdi (0,4 foiz).
Mavzuga oid
15:38 / 26.05.2026
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir - kommunal xizmatlar, yonilg‘i va energiya narxlari
09:49 / 26.05.2026
O‘zbekistonda 70 yoshdan oshganlar orasida ham ota bo‘lganlar bor
08:22 / 26.05.2026
BMT statistikasi: qaysi davlatlarda o‘lim darajasi yuqori?
17:05 / 22.05.2026