Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2022 yil yanvar oyida iste’mol bozorida tovar va xizmatlar örtaça 0,9 foizga qimmatlaşgan. Yillik körsatkiçda (2021 yil yanvariga nisbatan) iste’mol sektorida narxlar ösişi 9,8 foizni taşkil etdi.
2022 yilning birinçi oyi yakunlari böyiça narxlar va tariflar ösişida yetakçi örinlarni oziq-ovqat mahsulotlari egallab, narxlari örtaça 1,3 foizga oşdi. Şu davrda nooziq-ovqat tovarlari 0,5 foizga, aholiga pullik xizmatlar 0,7 foizga oşdi.
2021 yil yanvar oyida oylik narxlarning eng yuqori ösişi pullik xizmatlar (1,4 foiz) va oziq-ovqat mahsulotlarida (1,2 foiz) qayd etildi, nooziq-ovqat mahsulotlari esa atigi 0,5 foizga qimmatlaşdi.
2022 yil yanvar oyida an’anaviy ravişda meva-sabzavot mahsulotlari oylik narxlarning oşişida yetakçilik qildi. Mevalar narxi 2021 yil oxiriga nisbatan 3,1 foizga, sabzavotlar 5,8 foizga qimmatlaşdi. Göşt mahsulotlari, aksinça, oy davomida biroz arzonlaşdi (0,4 foiz).








