Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avtomobil yo‘llari sohasida jamoatchilik nazorati kuchaytiriladi
“Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
2022 yil 1 iyuldan avtomobil yo‘llari sohasiga tegishli ma’lumotlar bazasini o‘z ichiga olgan “Shaffof yo'l” platformasi test rejimida ishga tushiriladi. Mazkur platformada joylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar (17 ta) ro‘yxati tasdiqlandi.
“Shaffof yo'l” platformasining alohida sahifasi orqali aholining yo‘llar nosozligi, shuningdek, yo‘llarda va yo‘l bo‘yida xavfsiz harakatlanish uchun yuzaga kelgan favqulodda texnik muammolar (svetoforlar va yo‘l belgilar o‘rnatilmaganligi yoki ularning shikastlanganligi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga keladigan hodisalar ortidan hosil bo‘ladigan oqibatlar) haqida foto va videomurojaatlari shakllantiriladi.
2022 yil 1 maygacha avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash obektlarining interaktiv onlayn xaritasi-sxemasi ishlab chiqilib, platformaga joylashtiriladi.
2023 yildan boshlab va keyinchalik har yili keyingi yilda qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, ta’mirlanishi nazarda tutilgan barcha toifadagi yo‘l uchastkalarini xaritaga joylashtirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
“Ochiq budjet” axborot portali orqali tuman (shahar)lar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘lar jamoatchilik fikri asosida shakllangan ichki xo‘jalik yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltiriladi.
Tegishli nizomga ko‘ra, jamoatchilik fikri asosida ichki yo‘llarni ta’mirlashda takliflarni qabul qilib olish har yili 10 yanvargacha, bildirilgan takliflar orasidan g‘olib takliflarni ovoz berish yo‘li bilan aniqlab olish joriy yilning 31 yanvariga qadar amalga oshiriladi. Takliflarni yuborish hamda ovoz berish jarayonida voyaga yetgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin.
Fuqarolar har yili ichki yo‘llarni ta’mirlashga doir faqat bitta taklifni kiritishi hamda bitta taklifga ovoz berishi mumkin. Fuqarolar o‘zlari tomonidan kiritilgan taklifga ovoz berishi taqiqlanadi. Fuqarolar tomonidan tanlangan ichki yo‘llar axborot portalida avtomatik ravishda taklif sifatida shakllanadi va boshqa fuqarolarning ovoz berishi uchun imkoniyat yaratiladi.
Har bir tuman va shaharlarda bildirilgan takliflar bo‘yicha berilgan eng ko‘p ovozlar sonidan kelib chiqib, yuqoridan pastga qarab saralanadi. G‘olib takliflar tuman (shahar) mahalliy budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning kamida 50 foizi doirasida takliflarni amalga oshirish qiymatini hisobga olgan holda avtomatik tarzda ketma-ketlik bo‘yicha aniqlanadi.
2022 yil 1 martgacha ichki xo‘jalik yo‘llarining joylashgan manzili (geopozitsiyasi), to‘liq nomi, uzunligi, holati (asfaltlangan, ta’mirtalab) va boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Ichki xo‘jalik yo‘llari reyestri shakllantiriladi.
2023 yil 1 yanvardan “Shaffof yo'l” platformasi to‘liq ishga tushiriladi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev avtomaktablar bo‘yicha bosh prokuror va vazirlarga topshiriqlar bergandi.
26 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida prezident yo‘l harakati qoidalari buzilishi va avariya holatlari keskin oshayotganiga e’tibor qaratdi. Prezident haydovchilik guvohnomasi olishda poraxo‘rlik odatiy holga aylanganini tanqid qildi.
«Shu o‘rinda, bir muhim masalaga barchaning e’tiborini qaratmoqchiman. Umuman, haydovchilik guvohnomasini o‘qimasdan olish oddiy holga aylanib qoldi. Mana biz o‘qiganmiz, uch yil o‘qitardi. Hozir 3 oy o‘qiyapti, yana bormasdan guvohnoma olyapti. Nima, O‘zbekistonda qonun yo‘qmi? Shuning uchun, avariyalar soni soat sayin oshib bormoqda. Agar biz o‘zimiz tan olmasak, chora ko‘rmasak, davom etaveradi.
Bu muammoni bartaraf qilish uchun, Davletov, Bobojonov, Yo‘ldoshev, avvalo o‘qitish tizimini tubdan takomillashtirish, ikkinchidan, o‘qitmasdan va o‘rgatmasdan guvohnoma berish «jinoyati»ga qarshi jazoni kuchaytirish bo‘yicha, bir oy muddatda qonunchilikka qo‘shimcha kiritish yuzasidan taklif kiritsin», dedi davlat rahbari.
Mavzuga oid
09:10
Hukumat prekursorlar muomalasi ustidan nazoratni kuchaytirdi
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
18:00 / 06.05.2026
Qurilish obektlari videokamera orqali onlayn nazorat qilinadi
09:54 / 14.04.2026