26 yanvar kuni bölib ötgan videoselektor yiğilişida prezident yöl harakati qoidalari buzilişi va avariya holatlari keskin oşayotganiga e’tibor qaratdi. Muammoni bartaraf qiliş uçun avvalo öqitiş tizimini tubdan takomillaştiriş, tizimdagi korrupsiya uçun jazoni kuçaytiriş böyiça qonunçilikka qöşimça kiritiş yuzasidan bir oy muddatda taklif kiritiş böyiça mutasaddilarga topşiriq berildi.
«Içki işlar vaziri, Transport vaziri viloyat hokimlari bilan birga, yöllarda xavfsiz harakatlanişga şaroit yaratiş, avariya va ölim holatlarini keskin qisqartiriş, buning uçun, harakatlarni boşqarişni töliq raqamlaştirişi zarur.
Koronavirusdan emas, avariyalardan köproq odam ölyapti. Endi har 15 kunda bu borada xulosa qilib, hisobot kiritasiz!» deya davlat rahbari sözlarini keltiradi Kun.uz muxbiri.

Prezident haydovçilik guvohnomasi olişda poraxörlik odatiy holga aylanganini tanqid qildi.
«Şu örinda, bir muhim masalaga barçaning e’tiborini qaratmoqçiman. Umuman, haydovçilik guvohnomasini öqimasdan oliş oddiy holga aylanib qoldi. Mana biz öqiganmiz, uç yil öqitardi. Hozir 3 oy öqiyapti, yana bormasdan guvohnoma olyapti. Nima, Özbekistonda qonun yöqmi? Şuning uçun, avariyalar soni soat sayin oşib bormoqda. Agar biz özimiz tan olmasak, çora körmasak, davom etaveradi.
Bu muammoni bartaraf qiliş uçun, Davletov, Bobojonov, Yöldoşev, avvalo öqitiş tizimini tubdan takomillaştiriş, ikkinçidan, öqitmasdan va örgatmasdan guvohnoma beriş «jinoyati»ga qarşi jazoni kuçaytiriş böyiça, bir oy muddatda qonunçilikka qöşimça kiritiş yuzasidan taklif kiritsin», deya qat’iy talab qöydi davlat rahbari.








