Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kollej va texnikumlarda o‘qish 7 fevraldan boshlanadi
Professional ta’lim muassasalarining aksar o‘quvchilari o‘z hududida yashagani sabab ularda an’anaviy ta’lim 7 fevraldan boshlanadi.
Professional ta’lim muassasalari – texnikum, kollej, kasb-hunar maktablari va litseylarda o‘quv jarayonlari 7 fevraldan an’anaviy shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Vazirlikning izohlashicha, ushbu ta’lim muassasalarida o‘quvchilarining deyarli barchasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi fuqarolar bo‘lgani ularning darslarda ishtirok etishida ortiqcha qiyinchiliklar keltirib chiqarmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 7 fevraldan umumta’lim maktablari, professional, kasb-hunar ta’lim va oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘quv jarayoni an’anaviy shaklga o‘tkazilishi e’lon qilingandi. Bunda OTMlar 7 fevraldan 24 fevralgacha bosqichma-bosqich an’anaviy shaklga o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
11:10 / 08.06.2026
Nodavlat ta’lim muassasalari qonunbuzilish xavfi bo‘yicha baholanadi
13:43 / 02.06.2026
“Davlat maktablarining asosiy vazifasi bolalarni ma’lum vaqt ushlab turish bo‘lib qoldi” – Hamid Sodiq
08:38 / 02.06.2026
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
16:49 / 30.05.2026