Tayvan Xitoy va Rossiyaning qo‘shma bayonotiga norozilik bildirdi
Orol tashqi ishlar vazirligining ta’kidlashicha, «Tayvan va XXR bir-biriga bo‘ysunmaydi va XXR hukumati hech qachon orolni boshqarmagan».
Tayvan Xitoy va Rossiya rahbarlari tomonidan e’lon qilingan, Moskva «yagona Xitoy» tamoyilini qo‘llab-quvvatlashi aytilgan bayonotga norozilik bildirdi.
«Rossiya «yagona Xitoy» tamoyiliga amal qilishi va Tayvanni Xitoyning ajralmas qismi ekanligi ta’kidlangan qo‘shma bayonotga javoban tashqi ishlar vazirligi qat’iy norozilik bildiradi hamda Tayvan Respublikasining suverenitetiga putur yetkazuvchi yolg‘on iddaolarni qoralaydi», — deyiladi orol tashqi ishlar vazirligi bayonotida.
Ta’kidlanishicha, «Tayvan va XXR bir-biriga bo‘ysunmaydi va XXR hukumati hech qachon orolni boshqarmagan».
«Xalqaro maydonda Tayvanni tamsil etishga Xitoy hukumatining haqqi yo‘q va u o‘zi o‘ylab topgan «yagona Xitoy» tamoyilidan foydalanib boshqa mamlakatlar, xalqaro tashkilotlar va kompaniyalarni ularning ixtiyoriga qarshi yolg‘on izohlar berishga majburlamasligi kerak», — deya qayd etgan Tayvan tashqi ishlar vazirligi.
«Yagona Xitoy» tamoyili Pekinning boshqa davlatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishining asosi hisoblanadi va Tayvanni rasman tan olgan hech bir mamlakat Taybey bilan aloqalarni uzmagunicha XXR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnata olmaydi.
Mavzuga oid
18:44
Yevropa yangi energetika inqiroziga duch kelmoqda - OAV
15:56
Rossiya kompaniyasi O‘zbekiston fuqarolarini qurilish sohasida ishga olmoqchi
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
14:15