Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda ag‘darilgan avtomashina yo‘lovchisi vafot etdi
Haydovchi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida yo‘l chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan mashina ichidagi yo‘lovchi shifoxonada vafot etgan.
Namangan viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 4 fevral kuni soat 05:00 larda, To‘raqo‘rg‘on tumani «Shoxidon» MFY hududida, haydovchi harakat xavfsizligini ta’minlay olmay, boshqaruvni yo‘qotishi natijasida Nexia-3 yo‘lning o‘ng chetiga chiqib, ag‘darilib ketgan.
Natijada, avtomashina salonida bo‘lgan haydovchining o‘g‘li olgan tan jarohati oqibatida shifoxonada vafot etgan. Haydovchi bosh miya ochiq shikasti, bosh miya to‘qimalari ezilishi, miyaga qon quyilishi, chap yelka suyagi yopiq sinishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Ushbu holat bo‘yicha To‘raqo‘rg‘on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 4 fevral kuni JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq, Namangandagi YTHda 16 yoshli haydovchi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
18:35
Namanganda YPX inspektorini urib ketib, o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi 6 yilga qamaldi
17:16
Belgiyada poyezd va maktab avtobusi to‘qnashdi
20:04 / 25.05.2026
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida 238 nafar o‘quvchi mashina boshqarayotganida ushlandi
10:33 / 25.05.2026