Navoiyda quyosh fotoelektr stansiyasini qurishda 29ta toshbaqa qutqarib qolingan
Navoiy viloyatining Karmana tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi qurilishida toshbaqalar qutqarilib, inkubatorga ko‘chirilgan. Bu haqda Energetika vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, qurilish ishlarini bajarishdan avval hudud vaqtinchalik to‘siqlar, markirovka lentalari va boshqa choralar yordamida aniq belgilangan. So‘ngra tuproqni ekologik jihatdan o‘rganish bosqichi amalga oshirilgan. Hududda Markaziy Osiyo toshbaqalarining qishlashi uchun mos chuqurchalar aniqlangani bois 2020 yilning oktabr–noyabr oylarida ekologlar tuproqning yuqori qatlamlarini sinchiklab ochib, qishlayotgan toshbaqalarni aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borganlar.
Qidiruv natijasida topilgan 29ta toshbaqa ekologlar va Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlari bilan kelishilgan holda harorat rejimida nazorat qilinadigan inkubatorga ko‘chirilgan. Ekologlar toshbaqalarni tabiiy sharoitga moslashtirish maqsadida loyiha maydonchasining shimoliy chegarasiga tutash, ya’ni ularning sobiq joylashgan joyiga yaqin joydagi mos hududni belgilash bo‘yicha ishlarni amalga oshirgan. Keyinchalik taklif etilayotgan hudud Navoiy viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bilan kelishish bosqichidan o‘tgan.
Ma’lum qilinishicha, yangi elektr stansiyalarini qurishda ham shu kabi tadqiqotlar amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
11:02 / 19.12.2024
Navoiyda bir maktabdan ketma-ket uch o‘quvchi vafot etdi
16:34 / 12.10.2024
Karmana tumani hokimi intizomiy jazoga tortildi
17:30 / 14.09.2024
“Farhod” chegara postida 400 dona toshbaqani olib ketayotgan Tojikiston fuqarosi to‘xtatib qolindi
20:12 / 30.07.2024