Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumanida joylaşgan «Umakay» YPX muntazam postida «Qizil kitob»ga kiritilgan 700 ga yaqin Örta Osiyo çöl toşbaqasini yuk maşinasida olib ketayotganlar uşlangan. Bu haqda viloyat Ekologiya boşqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, joriy yil 21 may kuni Qaşqadaryo viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi, IIB YPXX, ösimliklar karantin inspeksiyasi va veterinariya xodimlari hamkorlikda Çiroqçi tumani «Umakay» YPX muntazam maskanida yuk maşinasida «Qizil kitob»ga kiritilgan 700 ga yaqin Örta Osiyo çöl toşbaqasini olib ketilayotgani aniqlangan.
Qayd etilişiça, brakonerlar tomonidan viloyatdan noqonuniy ravişda olib çiqib ketilayotgan toşbaqalar böyiça viloyat atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi tomonidan belgilangan tartibda huquqiy körib çiqiş maqsadida tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Söng, toşbaqalar tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan holda ekologik muhofaza hududi hisoblangan Buxoro ixtisoslaştirilgan Jayron pitomnigiga topşiriş uçun jönatilgan.
Mazkur iş böyiça suriştiruvlarda, toşbaqalar tabiiy yaşab turgan muhitidan noqonuniy yiğib-terib olib ketilayotganligi aniqlangan.
Ma'lumot uçun, uşbu tur Özbekiston «Qizil Kitobi»ga kiritilgan bölib, «Örta Osiyo çöl toşbaqasi» (TORTOISE Agrionemys horsfieldii) deb nomlanadi. Noyob endimek tur hisoblangan uşbu toşbaqalar mamlakatimizning barça adirliklarida uçraydi. Tijorat (eksport) maqsadida toşbaqalarni ovlaş va tuxumlarini teriş, jumladan, brakonerlar tomonidan turli noqonuniy maqsadlarda terib olinişi) natijasida uşbu tur kamayib ketmoqda.
P.S. Avvalroq Kun.uz’da öz xonadonida toşbaqalarni köpaytirayotgan va Yevropaga eksport qiliş rejasida bölgan tadbirkor faoliyati yoritilgan edi.












