Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peskov Putin Zelenskiy bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
Kreml vakilining so‘zlariga ko‘ra, bunday muzokaralarni o‘tkazish uchun uchrashuvdan maqsadni aniqlab olish kerak.
Foto: Getty Images
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov rasmiy Anqaraning Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga izoh berdi.
«Zelenskiy bilan uchrashuvga kelsak, buni hech kim rad etgani yo‘q. Agar ushbu uchrashuv mamlakat janubi-sharqidagi vaziyat tugunini yechadigan bo‘lsa, Putin har kim bilan uchrashishga tayyor», — dedi Peskov.
Uning qo‘shimcha qilishicha, bunday muzokaralarni o‘tkazish uchun uchrashuvdan maqsadni aniqlab olish kerak.
«Avvalo qanday maqsadda, qanday masalalar bo‘yicha va qanday natijaga erishishni mo‘ljallagan holda uchrashuv o‘tkazilishini bilib olish lozim», — dedi Kreml vakili.
Avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Vladimir Zelenskiy Putin bilan Turkiyada uchrashishga rozi bo‘lganini aytgandi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Rossiya va Ukraina yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etmoqchi.
Mavzuga oid
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
15:23 / 20.03.2026