Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Zelenskiy Putin bilan Turkiyada uchrashishga rozi bo‘lganini aytdi
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Rossiya va Ukraina yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etmoqchi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Turkiya hududida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lganini aytdi.
Erdo‘g‘anning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Rossiya va Ukraina yetakchilari uchrashuvini o‘tkazish imkoniyatini taqdim etmoqchi.
"Janob Zelenskiy bilan kelishuvimiz aynan shu yo‘nalishda bo‘ldi", - dedi Erdo‘g‘an.
"Janob Putin bilan uchrashuvimizdan so‘ng bizga vositachilik roli berilsa, biz bu ishda qatnashamiz va o‘z hissamizni qo‘shishga umid qilamiz", - dedi Turkiya prezidenti.
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bildirishicha, Moskva har qanday shakldagi muzokaralarni, jumladan, Putin va Zelenskiyning Turkiyada uchrashishini rad etmaydi, ammo hozircha bu masalada hech qanday kelishuv yo‘q.
Mavzuga oid
23:16 / 12.06.2026
Yevropa Ittifoqi Ukraina va Moldova a’zoligi bo‘yicha muzokaralarni boshlaydi
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026