O‘zbekiston | 08:45 / 09.02.2022
3476
1 daqiqa o‘qiladi

Chimyonda qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Chimyonda qor ko‘chish xavfi haqida e’lon qildi. 

Foto: Magnus Lindkvist

FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022 yil 9 fevral kuni soat 08:00 dan 10 fevral soat 08:00 gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

«Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va «Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud» belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz», deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 9 fevral kuni respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja, kunduzi 0-5 daraja sovuq bo‘ladi.

Mavzuga oid