O‘zbekiston | 13:25 / 09.02.2022
6766
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda qurolga ega bo‘lishning minimal yoshi oshiriladi

O‘zbekistonda fuqaroviy ov qurolini va uning o‘q-dorilarini olish huquqi 21 yoshdan 25 yoshgacha oshirilmoqda. 

Foto: Getty Images

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayevning xabar berishicha, bu yangi qonun loyihasida ko‘zda tutilmoqda. 

Bildirilishicha, bu huquqqa Qozog‘iston, Belarus, Turkmaniston, Norvegiya, Kanada, Vengriya, Shveytsariya, Finlandiya, Latviya, Avstriya va AQShda 18 yoshda, Qirg‘izistonda 20 yoshda, Germaniya, Moldova, Fransiya, Filippin, Argentina, Chexiyada 21 yoshda, Litvada 23 yoshda, Braziliya va Gvatemalada 25 yoshda ega bo‘lish mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda qurol-yarog‘ nazorati Milliy gvardiyadan Ichki ishlar vazirligiga o‘tkazilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Hozirgi vaqtda fuqarolik va xizmat qurollari sotib olingan kundan e’tiboran o‘n kun ichida Milliy gvardiyada ro‘yxatga olinishi kerak, Milliy gvardiyaning ruxsati kerak bo‘lmagan holatlarda sotib olingan qurollar va o‘q-dorilar bundan mustasno.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid