Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda paxta ortib ketayotgan yuk mashinasi ag‘darilib ketdi
Yuk mashinasi haydovchisining ko‘zini yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanayotgan mashinaning yoritish chirog‘i qamashtirgan. Oqibatda haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashinani ag‘darib yuborgan.
Dehqonobod tumani hokimligi axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 8 fevral kuni soat 23:30da Dehqonobod tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga M-39 yo‘lining “Istiqlol” MFY hududidan o‘tuvchi qismida MAN yuk mashinasi ag‘darilib ketgani haqida xabar kelib tushgan.
Soat 23:35da qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borgan va IIB, YHX hamda tez tibbiy yordam xodimlari bilan birga jabrlanuvchiga yordam bergan. Sodir bo‘lgan holat 2:12da to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Haydovchi yengil tan jarohati olgan va unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi haydovchi B.X. MAN yuk mashinasiga 110taga yaqin paxta toylarini ortib Andijonga qarab yo‘lga chiqqan. Dehqonobod tumani hududidan o‘tayotganida yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlanayotgan mashinaning yoritish chirog‘i uning ko‘zini qamashtirgan. Yuk mashinani yo‘l chetiga olishga uringan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, mashinani ag‘darib yuborgan.
Mavzuga oid
22:01 / 13.06.2026
Qashqadaryoda qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olish holatlari fosh etildi
15:20 / 13.06.2026
Eski sandiqdan topilgan britancha surat: Dulsi xonim izlagan Boqijon Akramov Buxoro va Qashqadaryodan topildi
12:29 / 06.06.2026
Jizzaxda yuk mashinasi yonib ketdi
19:37 / 04.06.2026