Samarqand viloyati Kattaqörğon tumanida yuk maşinasi ağdarilib ketgan. Oqibatda haydovçi tan jarohatlari olgan. Bu haqda IIV YHXBB xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2022 yil 6 fevral kuni soat 10:10larda, M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboşi xalqaro avtomobil yölining Samarqand viloyati Kattaqörğon tumani hududidan ötuvçi 84-kilometrida oğir yuk ortib ketayotgan maşina ağdarilib ketgan.
1987 yilda tuğilgan haydovçi M.Y. boşqaruvida bölgan Volvo rusumli yuk maşinasi Toşkent-Kattaqörğon yönalişida ketayotganda boşqaruvni yöqotgan va ağdarilib ketgan. Oqibatda maşinaga yuklangan mahsulotlarga zarar yetgan, şuningdek, haydovçi tan jarohatlari olgan.
Qayd etilişiça, mazkur hodisa yuzasidan Kattaqörğon tumani YHXB xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.












