Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada jangovar harakatlar boshlansa neft narxi 150 dollarga chiqishi aytildi
Ta’kidlanishicha, Ukraina hududida qurolli nizo kelib chiqqan taqdirda buning oqibatlarini butun dunyodagi iste’molchilar his qiladi.
Amerikaning JPMorgan banki tahlilchilari Ukraina bilan munosabatlar keskinlashishi oqibatida Rossiyadan xom neft eksport qilish qisqaradigan bo‘lsa, bir barrel Brent rusumidagi neft narxi 120 dollargacha chiqishi mumkinligini prognoz qildi.
Rossiya nefti eksporti hajmi ikki baravarga qisqaradigan bo‘lsa, Brent narxi 150 dollarga yetishi mumkin, deb yozadi CNN bank sharhiga asoslanib.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Ukraina hududida qurolli nizo kelib chiqqan taqdirda buning oqibatlarini butun dunyodagi iste’molchilar his qiladi.
CNN telekanalining qayd etishicha, neft narxining ko‘tarilishi benzin narxi keskin o‘sishiga olib keladi.
Rossiya va Ukraina munosabatlaridagi siyosiy keskinlik oxirgi haftalarda neft narxi ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi. 7 fevral kuni Brent rusumidagi neftning bir barreli narxi yetti yillik maksimumni yangilab, 93,04 dollarga teng bo‘ldi. Tarixiy maksimum 2008 yil iyulda qayd etilgan, o‘shanda Brent narxi 147,50 dollarga yetgan.
Hozirda Rossiya neft va tabiiy gaz qazib olish bo‘yicha dunyoda AQShdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
Mavzuga oid
22:12 / 11.06.2026
AQSh Ukraina va Erondagi urushlar tufayli dunyodagi eng yirik neft eksportchisiga aylandi
09:39 / 11.05.2026
Jahonda neft tanqisligi bir milliard barrelga yetdi
08:17 / 20.03.2026
Neft gigantlari: dunyodagi eng yirik xom neft qazib oluvchilar
13:52 / 13.03.2026