Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida ob-havo yomonlashishi kutilmoqda
“O‘zgidromet” Qamchiq dovonida ob-havo keskin yomonlashishi haqida ogohlantirish bilan chiqdi.
Foto: Kun.uz
Qayd etilishicha, joriy yil 12 fevral kuni A-373 Toshkent-O‘sh avtoyo‘lining Qamchiq dovoni hududida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi mumkin.
Xabarga ko‘ra, dovonda ko‘rish masofasi 50 metrgacha pasayishi, shamol tezligi 17 - 22 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi kutilyapti.
Avvalroq, “O‘zgidromet” O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massasi kirib kelishi kutilayotganini ma’lum qilgandi.
11-12 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang kuzatiladi.
11 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va 12 fevral kuni respublikaning qolgan hududlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yog‘ingarchilik kuzatiladi (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin.
Mavzuga oid
11:06 / 23.01.2026
FVV qutqaruvchilari Qamchiq dovonida haydovchilarga yordam ko‘rsatdi
10:49 / 23.01.2026
Farg‘ona vodiysidagi kuchli qor sabab bir nechta reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
09:18 / 23.01.2026
Toshkentda qor tozalash ishlariga 230 ta maxsus texnika va 1 mingdan ortiq xodim jalb etildi
11:05 / 22.01.2026