
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 11-12 fevralda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang kuzatiladi.
11 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va 12 fevral kuni respublikaning qolgan hududlarida, tog‘oldi va tog‘li hududlarning ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi (yomg‘ir, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin.
















